Bugun “Samarqand viloyatining o‘quvchilarni kasbga o‘rgatish tajribasini ommalashtirish va pedagogika oliygohlari o‘quv reja va dasturlarini Prezident maktablari dasturlariga moslashtirish” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

#Kasbga_oʻqitish
#Oqdaryo_tajribasi

✅ Bugun “Samarqand viloyatining o‘quvchilarni kasbga o‘rgatish tajribasini ommalashtirish va pedagogika oliygohlari o‘quv reja va dasturlarini Prezident maktablari dasturlariga moslashtirish” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi (https://t.me/uzedu/22981?single).

📍Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari Odil Abdurahmonov, vazir Hilola Umarova hamda videoselektor orqali hokim o'rinbosarlari, Qoraqalpog'iston Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Toshkent shahri va viloyatlar Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmalari rahbarlari ishtirok etishdi. 

Odil Abdurahmonov:

➖Yangi o’quv yilida e’tiboran 500 ta maktabda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning baholash tizimi va o’quv dasturlarini joriy etmoqchimiz. Prezident maktablariga bu yilgi qabul jarayonlarida 1 ta o‘ringa 200 ta nomzodning to'g'ri kelgani ham bu tizimning naqadar samarali berayotganini ko‘rsatdi. 

➖Yoshlarning bandligini ta'minlash maqsadida hokim, ota-ona va maktab o'rtasida uch tomonlama shartnoma imzolash joriy etish ko’zda tutilmoqda.

Hilola Umarova:

➖Kasbga o'qitishni joriy qilishda katta-katta korxona rahbarlari bilan tizimni integratsiya qilish, hozirgi bozorda qanday mutaxassislarga talab mavjudligini o'rganish kerak. 

❗️Endi malaka oshirish institutlari Respublika bo'ylab bir xil standart asosida tashkil etiladi. 

🔴 Ma'lumot uchun, bugun Qoraqalpog'iston Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Toshkent shahri va hududiy Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmalari rahbarlari  Oqdaryo tumani 32-sonli maktab tajribasini o'rganish uchun yig'ilishdi. 

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/y3/news/1234