Bugun shoh va shoir, yirik davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshilig‘?
Kimki, ondin yaxshi yo‘q, ko‘z tutma ondin yaxshilig‘!

Gar zamonni nafy qilsam, ayb qilma, ey rafiq,
Ko‘rmadim hargiz, netoyin, bu zamondin yaxshilig‘!

Dilrabolardin yomonliq keldi mahzun ko‘ngluma
Kelmadi jonimg‘a hech oromi jondin yaxshilig‘.

Ey ko‘ngul, chun yaxshidin ko‘rdung yamonliq asru ko‘p,
Emdi ko‘z tutmoq ne, ya'ni har yamondin yaxshilig‘?

Bori elga yaxshlig‘ qilg‘ilki, mundin yaxshi yo‘q –
Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig‘!

Yaxshilig‘ ahli jahondin istama Bobur kibi,
Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshilig‘?