Buxoro shahridagi Prezident maktabi jamoasi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi faoliyati bilan tanishdi 

Buxoro shahridagi Prezident maktabi jamoasi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi faoliyati bilan tanishdi 

 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'rtasida hamkorlikni kuchaytirish, o'zaro tajriba almashishni yo'lga qo'yish maqsadida Buxoro shahridagi Prezident maktabining bir guruh o'quvchilari, o'qituvchilari Qarshi shahridagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi faoliyati bilan tanishishdi. 

Mehmonlar dastavval Abdulla Oripov muzeyidagi eksponatlar bilan tanishib, so'ng ular maktabdagi shart-sharoitlar, o'quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida taassurotlarga ega bo'lishdi. 

 Shuningdek, Ijod maktabining  faollar zalida "San'at - do'stlik elchisi" mavzusida uchrashuv va konsert bo'lib o'tdi. Unda har ikkala maktabning iste'dodli o'quvchilari va musiqa ustozlari o'z dasturlari hamda badiiy chiqishlarini namoyish etishdi. Tadbirda Qarshi shahridagi Preizdent maktabi o'qituvchi va o'quvchilari ham ishtirok etishdi.