“Buyuk yurtga endi daholar kerak”

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda Erkin Vohidov xotirasiga bag'ishlab “Buyuk yurtga endi daholar kerak” nomli adabiy anjuman bo'lib o'tdi. 

Tadbirda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o'rinbosari Botirjon Ergashev, O'zbekiston Qahramoni, adabiyotshunos olim Ibrohim G'afurov, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, huquqshunos olim Akmal Saidov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, taniqli adib Xurshid Do'stmuhammad, O'zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron so'zga chiqib, shoirni iliq so'zlar bilan xotirladi.

Adabiy anjumanda Agentlik tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi  o'quvchilari o'z badiiy chiqishlari bilan ishtirok etishdi.
Shuningdek, anjuman doirasida adabiy tur tashkil etilib, qatnashchilar Erkin Vohidov uy-muzeyi, O'zbekiston Milliy universitetidagi muzey hamda Adiblar xiyobonida bo'lishdi.