CAMBRIDGE UNIVERSITY PRESS&ASSESSMENT TASHKILOTI VAKILLARI NUKUS SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIDA!

Ayni paytda Angliyaning Cambridge University Press&Assessment tashkilotining Bosh tadqiqotchi menejeri Brigita Seguis va tashkilot vakili Nisreen Ash Nukus shahridagi Prezident maktabida bo'lib turishibdi. 

Tadqiqotchilar tomonidan Prezident maktabidagi darslar va darsdan tashqari qo'shimcha mashg'ulotlar tahlil qilinmoqda.

Ular, shuningdek, maktab ma'muriyati, xorijiy va mahalliy o'qituvchilar, o'quvchilar va ota-onalar bilan maktabda yaratilgan sharoitlar va darslar haqida suhbatlashishmoqda.

Tashkilot vakillari 1 hafta davomida Prezident maktablari faoliyatini o'rganadi va o'z xulosalarini tashkilot rasmiy-saytida e'lon qiladi. 

Tadqiqotlar 8-iyunga qadar davom etadi.