Chet tili fani bo‘yicha ta'lim dasturi taqdimoti o‘tkazildi

Prezident ta'lim muassasalari agentligining asosiy vazifalaridan biri - Agentlik tizimidagi maktablar uchun darsliklar va metodik qo'llanmalarni yaratish, tayyorlash va nashr etish bilan bog'liq ishlarni olib borish   hisoblanadi. 

Agentlik tomonidan ishlab chiqilayotgan ta'lim dasturlari shular jumlasidandir. Bugun Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan chet tili bo‘yicha ta’lim dasturining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ta’lim dasturi CEFR (chet tillar bo‘yicha Umumyevropa kompetensiyalari) 
tavsiyalari asosida chet tilini o‘qitish metodikasidagi eng so‘nggi yutuqlarni hisobga olgan holda ishlab chiqildi.

Dastur har bir daraja bitiruvchilari uchun batafsil talablar, o‘quvchilarni mazkur darajalarga olib chiqishda qo‘llanilishi tavsiya etilgan metodik yondashuvlar hamda baholash usullari va mezonlarini o‘z ichiga oladi.

Dastur taqdimotida oliy ta’lim muasssasalarining profesor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar va amaliyotchi o‘qituvchilar ishtirok etishdi