"RAQAMLI AVLOD QIZLARI-2022" IT haftaligiga start berildi

Joriy yilning 28 fevral - 4 mart kunlari  Prezident ta'lim muassasalari agentligi va “Digital Generation Uzbekistan” NNM tomonidan “Raqamli avlod qizlari-2022” tadbiri tashkil etilmoqda.

Mazkur tadbir davomida ishtirokchilar:

  • Mobil dasturlash
  • Raqamli Dizayn (Fashion),
  • SMM&PR
  • Branding hamda
  • Biznes Analitika bo‘yicha tajribali mentorlarimiz mahorat darslari ishtirok etishadi.

“Raqamli avlod qizlari-2022” tadbiridan ko‘zlangan asosiy maqsad ayol-qizlarning axborot texnologiyalar sohasidagi rolini oshirish, ularning zamonaviy kasblarga yo‘naltirish hamda g‘oya va loyihalarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. 

Tadbir Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘lib o‘tadi. Mashg‘ulotlar offlayn va onlayn o‘tkaziladi, unda eshitish qobiliyati zaif bolalar, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va tanlov jarayonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 60 nafar ishtirokchi qizlar qatnashishmoqda.

“Raqamli avlod qizlari-2022” tadbirida ishtirok etish uchun 1500 dan ortiq ariza kelib tushgan.

Mashg‘ulotlar musoboqalar tarzida tashkil etilmoqda, unda ishtirokchi qizlar o‘z loyihalarini ishlab chiqishadi hamda taqdimot qilishadi. G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Ma'lumot o‘rnida, ““Raqamli avlod qizlari” loyihasi bu yil 2-marta o‘tkazilmoqda. 2021-yilda mazkur loyihada  50 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashishgan, mashg‘ulotlar davomida 17 ta loyiha ishlab chiqilib, shulardan 3 tasi inklyuziv ta'limda joriy etish uchun tavsiya etilgan (MyHaering, SoS-button, daun sindromi bor odamlar uchun o‘yinlar loyihalari).