“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonun davlat xizmatini rivojlantirishning yangi bosqichi sari muhim qadam

Joriy yilning 8-avgust kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida” Qonuni davlat xizmatlari sifati samaradorligi va natijadorligini oshirishda muhim qadam bo‘ldi.

Bugun Prezident taʼlim muassasalari agentligida Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi masʼul xodimlari Xamidulla Inomov va Sarvar Saidov ishtirokida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Davra suhbati davomida mazkur qonunchilik hujjatining mazmun-mohiyati xususida atroflicha fikr yuritildi.

Jumladan, qabul qilingan Qonun ilg‘or jahon tajribasini o‘zida mujassam etgan hamda davlat boshqaruvi sohasida milliy tajribaga asoslanganligi alohida taʼkidlandi.

Qonun bilan kadrlarni ochiq tanlov orqali saralash tizimi joriy etildi va davlat xizmatchisining xizmat davridagi faoliyati to‘liq kafolatlanadi. Unga ko‘ra, endilikda davlat xizmatchilari xizmat pog‘onalarida erkin faoliyat yuritishi mumkin bo‘lib, ish vaqti va xaq to‘lashning shakllari huquqiy jihatdan aniq mexanizmlar asosida tartibga solinmoqda.

Tadbir davomida Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan ishtirokchilar tomonidan fikr va mulohazalar bildirildi.