Davlatimiz rahbari maktab ta’limi qamrovini yanada oshirish yuzasidan mutasaddilarga qator topshiriqlar berdi

Davlatimiz rahbari maktab ta’limi qamrovini yanada oshirish yuzasidan mutasaddilarga qator topshiriqlar berdi (https://t.me/Press_Secretary_Uz/3351).

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kelgusi yilda 50 ta, 2025 yilda yana kamida 100 ta maktabni xususiy sheriklik asosida qurish bo‘yicha investorlar bilan kelishuvga erishib, amaliy ishlarni boshlash topshirildi.

Umuman, 2030 yilgacha har yili 100 tadan maktab qurilishiga xususiy sheriklarni jalb qilish vazifasi qo‘yildi.

Vazirlar Mahkamasi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga bir oy muddatda maktablarga chetdan 1 milliard dollar jalb qilish bo‘yicha aniq hisob-kitoblar va loyiha takliflarini tayyorlab, xorijiy va xalqaro moliya tashkilotlari bilan amaliy ishlarni boshlash topshirildi.

Viloyat hokimlariga 1-noyabrga qadar demografik o‘sish, aholi joylashuvi va zichligini hisobga olgan holda, kelgusi yilda yangi maktablar qurish uchun yer uchastkalarini aniqlash, Qurilish vazirligi bilan birgalikda 1-fevralga qadar yangi maktablarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqib, tenderlarni e’lon qilish bo‘yicha topshiriq berildi.