DIQQAT TANLOV

Muhammad_Yusuf_70_yoshda

DIQQAT TANLOV 

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 6-9 sinf o‘quvchilari o‘rtasida   “Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusida ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

Ijodiy tanlov 4 yo‘nalishda bo‘lib o‘tadi:

- 6-sinflar o‘rtasida shoir she’rlarida ishtirok etgan detallar asosida ijodiy matn tuzish,
- 7-sinflar o‘rtasida shoir hayoti va ijodi bilan bog‘liq rasmlar tanlovi,
- 8-sinflar o‘rtasida shoir ijodiga bag‘ishlangan adabiy esse yaratish,
- 9-sinflar o‘rtasida shoir she’rlari asosida bahr-u bayt.

Tanlov 2 bosqichdan iborat bo‘lib, 15-20 aprel kunlari tuman va shahar bosqichlari, 25-aprel kuni viloyat bosqichi o‘tkaziladi.

G‘olib deb topilgan o‘quvchilar shoir tavalludining 70 yilligi munosabati bilan oʻtkaziladigan viloyat tadbirida taqdirlanadi. 

Murojaat uchun telefon
+998934433385