Ijod maktabida bayram kechasi

Joriy yilning 1-iyun kuni Ibrayim Yusupov nomidagi ijod maktabida 1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan “Bolalarga bering dunyoni” nomli bayram kechasi, “Muzqaymoq party” hamda “Vatan do’stlik va baxtli bolalik uchun” mavzusida “Kamalak” bolalar tashkilotining 20-anjumani bo’lib o’tdi.

Tadbirda maktabning “Yerdagi yulduzlar” nomli drama to’garagining “Baxtli bolalik” nomli teatrlashtirilgan sahna ko’rinishlari, “Ayaziy” QVZ jamoasi chiqishlari, flashmob, qiziqarli viktorina o’yinlari, bolalar o’yinlari bilan birga qoraqalpoq estrada xonandalari ham ishtirok etishdi.