"Eco-Schools Uzbekistan" xalqaro dasturiga tanlov asosida mamlakatimizning 41 ta maktabi qo‘shildi

Xayrli tong! Barchaga salom!  
Bizda yaxshi yangilik: safimiz yanayam kengaydi! "Eco-Schools Uzbekistan" xalqaro dasturiga tanlov asosida mamlakatimizning 41 ta maktabi qo‘shildi. 

Yangi kelgan barcha eko-maktablarga "xush kelibsiz" deymiz! Bizni ko‘pgina foydali tadbirlar va qiziqarli uchrashuvlar kutib turibdi. 

Butun dunyo bo‘ylab 20 milliondan ziyod o‘quvchi ishtirok etayotgan bu dastur o‘zi nima, degan savolga javob berish uchun eko-maktablarimizdan biriga kelgan ekofaol Amirbek Shodmonov bilan uchrashuvdan boshlaymiz. 
Marhamat, tomosha qiling!