ENDI RESPUBLIKAMIZNING BARCHA HUDUDLARIDA PREZIDENT MAKTABI MAVJUD!

Bugun, 20-noyabr kuni Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Guliston shahridagi Prezident maktabida yangi o’quv yiliga start berildi.

Tadbir avvalida Agentlik rahbari Hilola Umarova so’zga chiqib, o’quvchilarga omad tiladi:

-Bilim barcha marralarning kalitidir. Sifatli ta’lim esa mamlakatning ertasi demak. Men doimo aytaman, siz bizning umidimiz, yorqin kelajagimizsiz. Har biringiz timsolida biz O’zbekistonning ertasini ko’ramiz. Zafarlar yor bo’lsin!

Tadbirda, shuningdek Agentlik tomonidan tashkil etilayotgan xalqaro forum doirasida ayni paytda O’zbekistonda bo’lib turgan Massachusets Texnologiya instituti (MIT) J-WEL direktori Vijay MS Kumar, Sirdaryo viloyat hokimi G’ofurjon Mirzayev va jamoatchilik vakillari ishtirok etib, o’quvchilarga yangi o’quv yilida omad tilashd