Endilikda o‘quv dasturlariga qo‘shimcha yangi fanlarni kiritish taqiqlanadi.

Endilikda o‘quv dasturlariga qo‘shimcha yangi fanlarni kiritish taqiqlanadi. Barcha yangi takliflar mavjud fanlarga integratsiya qilinib  (https://t.me/Press_Secretary_Uz/3345)tayyorlanadi.

Shuningdek, barcha fanlarda milliy g‘urur, iftixor, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik g‘oyalari targ‘ib qilinishi shartligi qayd etildi.

 (https://t.me/Press_Secretary_Uz/3345)Bundan uch yil oldin 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga yod, vitaminlar va gijjaga qarshi dorilar tarqatish amaliyoti joriy qilingan edi. Natijada bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadigan qalqonsimon bezi kasalliklari kamaya boshladi.

Joriy yilda ham maktab o‘quvchilariga yod preparatlarini bepul tarqatish davom ettiriladi. Mas’ullarga sentyabr oyidan bu ishlarni tizimli tashkil qilib, ota-onalar va o‘quvchilar orasida yod iste’molining foydali xususiyatlarini keng targ‘ib qilish topshirildi.