Erkin Vohidov ijod maktabida ochiq eshiklar kuni

Bugun Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida qabul jarayonlari  yuzasidan OCHIQ ESHIKLAR KUNI o‘tkazildi. Unda jurnalistlar, ota-onalar va  umumta'lim maktablarining ijodkor o'quvchilari  ishtirok etishdi.

 Ochiq eshiklar kuni doirasida ota-onalarga qabul kvotalari, kirish imtihonlari va hujjatlar topshirish tartibi tushuntirildi. Shuningdek, onlayn ariza topshirish bo'yicha bosqichma-bosqich yo‘l ko‘rsatuvchi video-qo‘llanma namoyish etildi.

Ochiq eshiklar kuni doirasida press-tur ham tashkil etilib, yig‘ilganlar  ta’lim dargohida yaratilgan sharoitlar, o‘quv auditoriyalari, laboratoriya, yotoqxona, kutubxona, hamda media xonalari bilan tanishishdi.

 Tadbir so‘ngida o‘nlab ijodkor yoshlar ushbu maktabga online hujjat topshirishdi.