Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarining harbiy xizmatga qiziqishlarini orttirishga qaratilgan ishlar amalga oshirildi va belgilangan vazifalar yuzasidan hamkorlik memorandumi imzolandi

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Fargʻona garnizonidagi harbiy qism tomonidan Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarining harbiy xizmatga qiziqishlarini orttirishga qaratilgan ishlar amalga oshirildi va belgilangan vazifalar yuzasidan hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Hamkorlik memorandumi doirasida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari harbiy qismga tashrif buyurishdi. O‘quvchi-yoshlarni Vatanga muhabbat, sodiqligi, qat’iyatliligi, o‘z ustida muntazam shug‘ullanishi uchun barcha qiyinchiliklarni yengishini, fidoyiligini shakllantirish maqsadida “Harbiy qismda mening bir kunim” loyihasi o‘tkazildi. 

Harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy jangovor mashg‘ulotlariga ularning shayligi qay darajada ekanliklariga guvoh bo‘lishdi. Kun davomida o‘quvchilarga otish qurollar, harbiy texnikalar, harbiylarga yaratilgan shart-sharoitlar va kutubxonalar bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi.