Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida Turkiyaning Anqara shahri Hoji Bayram Valiy universitetining professor va dotsentlari bilan ijodiy uchrashuv oʻtkazildi

Agentlik tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida Turkiyaning Anqara shahri Hoji Bayram Valiy universitetining professor va dotsentlari bilan ijodiy uchrashuv oʻtkazildi.

Unda:
– professor Valiy Savash Yelok,
– professor Ko‘nualp Erjilasun 
hamda 
– dotsent Bilol Koch, 
– dotsent Ibrahim Atabey ishtirok etishdi.

Oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. 

Uchrashuv so‘ngida mehmonlar bilan kelgusida hamkorlik qilinishi kelishib olindi.

Eslatib o‘tamiz, Valiy Savash Yelok “Erkin Vohidov sheʼriyatining til va uslub jihatidan tahlili” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.