FARG'ONA VILOYATIDAGI QUVASOY SHAHAR IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

#yangi_ixtisoslashtirilgan_maktab

📣 FARG'ONA VILOYATIDAGI QUVASOY SHAHAR IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

⚡️ Tadbirni viloyat hokimining o‘rinbosari Fayzullajon Qosimov ochib berdi. Shuningdek, nuroniylar, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etib, yangi o‘quv yili va zamonaviy qiyofa kasb etgan maktab bilan tabrikladi. 

✅ Ta'lim muassasasi 672 o‘ringa mo‘ljallangan bo'lib, 47 ta o‘quv xonalari, 6 ta laboratoriya, 9 ta kompyuter sinf xonalari, oshxona, sport zali va kutubxona zamonaviy tarzda jihozlangan.

Ma'lumot uchun, Agentlik direktori Alisher Ubbiyev avgust oyidagi xizmat safari davomida Farg‘ona viloyatdagi 19 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari bilan tanishgan edi.