Forum mehmonlari bilan tanishtiramiz: Volfgang A. Herman

Volfgang A. Herman Myunxen Texnika Universiteti faxriy prezidenti, "Yangi Ozbekiston" universiteti faxriy  rektori. 

- 2002 – 2004 yillarda  Bavariya universiteti rektorlari konferensiyasi raisi 
- 2007 yil  Saudiya Arabistonida Qirol Abdulla Fan va Texnologiya Universiteti Xalqaro maslahat kengashi (KAUST) azosi
- 2008 – 2014 yillarda Yevropa innovasiyalar va texnologiyalar instituti boshqaruv kengashi azosi sifatida faoliyat olib borgan.

Professor Herman noorganik va metallorganik kimyo sohasida ilmiy izlanishlar olib boradi.

U ko‘plab akademik jamiyatlar, jumladan:

- Leopoldina, Acatech, Shvesiya Qirollik muhandislik fanlari akademiyasi, Mayns adabiyot va fanlar akademiyasi a'zosi, 
- Germaniya va boshqa mamlakatlardagi 13 ta universitetning faxriy doktori 
- ISI (Internasional Scientific Index) reytingiga kora, eng kop tilga olingan nemis kimyogarlaridan biri 
- 800 dan ortiq ilmiy maqolalar va 80 ga yaqin patentlar muallifidir.