Fuqarolar ishtirokida ommaviy qabul o‘tkaziladi

Diqqat, eʼlon!

❗️Fuqarolar ishtirokida ommaviy qabul o‘tkaziladi

Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan fuqarolar muammolari bilan ishlash tizimini samarali tashkil etish, taʼlim sohasida yechimini kutayotgan masalalarni o‘rgangan holda joyida, tezkor hal etish maqsadida Xalq qabulxonalari, vazirlik, idora hamda mahalliy hokimliklar rahbarlari ishtirokida ommaviy qabullar o‘tkazilmoqda.

2022-yilning 27-sentyabr kuni soat 10:00 da O‘zbekiston Milliy universiteti bog‘i hududida mazkur turdagi navbatdagi fuqarolar qabuli boshlanadi. Unda Vazirlar Mahkamasi hamda taʼlim tizimiga doir qator vazirlik va tashkilotlar mutasaddi vakillarining ishtirok etishi rejalashtirilgan.

🏫Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani Talabalar shaharchasi