Fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Madaniyat saroyida  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi,  Vazirlar Mahkamasi hamda taʼlim tizimiga doir qator vazirlik va tashkilotlar mutasaddi vakillarining fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. 

❗️Unda Prezident taʼlim muassasalari agentligi  ham ishtirok etdi. Agentlik rahbariyati va masʼullari ishtirok etgan ushbu qabulda fuqarolardan ixtisoslashtirilgan maktablar masalasida 11 ta murojaat bo‘ldi. Ushbu murojaatlarning 8 tasi shu yerning o‘zida hal qilinib, 3 nafar murojaatchiga tegishli tushuntirish berildi. 

 – Men Prezident maktabi imtihonlarining birinchi bosqichidan o‘tdim. Ikkinchi bosqichdan 0.1 ball bilan chiziqdan pastda turganimni ko‘rib, xafa bo‘ldim va bugun bu yerga keldim. Agentlik direktor o‘rinbosari men bilan savol-javob qildi va Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o‘qishni davom ettirishim mumkinligini aytishdi. Men va onam bundan juda xursandmiz, – deydi Gulnoza Ro'zimbayeva.