G‘ALABALAR MEHNATLAR SAMARASI

#gʻalaba
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️G‘ALABALAR MEHNATLAR SAMARASI

🇺🇿🇨🇳 Xitoyning Pekin shahrida 1-Xalqaro matematika yozgi intelektual oromgohida 25 mamlakat terma jamoalaridan 156 nafar iqtidorli o’quvchilar o’rtasida Xalqaro matematika olimpiadasi metodologiyasi asosida tashkil qilingan olimpiadada O’zbekiston terma jamoasi a’zolari 4 ta bronza va 2 ta faxriy yorliq (honorabl mention) bilan taqdirlandi.

✅ E’tirof etish joizki, O’zbekiston terma jamoasi a’zolari orasida Agentligimiz tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o’quvchisi Ozodbek Axtamov va Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Anvarbek Rahmatov ham borligi faxr va iftixor tuyg’usini uyg’otadi. 

💫 O‘quvchilarmizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!