Agentlik tizimidagi maktablarning rahbar va pedagog-kadrlari uchun PDQ dasturi yuzasidan seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Agentlik tizimidagi maktablarning rahbar va pedagog-kadrlari uchun PDQ (Professional Development Qualification) dasturi yuzasidan seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda.

Seminar-treninglar Cambridge Assessment International Education tashkilotining PDQ dasturini joriy qilishda metodik ko‘mak ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan.

Unda Agentlik tizimidagi Prezident va tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarda faoliyat yuritayotgan 29 nafar rahbar va pedagoglar ishtirok etishmoqda.

Mazkur treninglar Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazining trenerlari tomonidan  9-noyabrga qadar bo‘lib o‘tadi.