Germaniyaning Myunxen texnika universiteti delegatsiyasi “Yangi O‘zbekiston” universitetida

Myunxen texnika universiteti delegatsiyasi tashrifi doirasida “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalariga o‘qish, tadqiqotlar olib borish hamda ma’lumotlar bazalaridan samarali foydalanish kabi ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan mahorat darslari o‘tkazilishi reja qilingan.

Shuningdek, tashrifda Myunxen texnika universiteti talabalari ham ishtirok etmoqda, bunda talabalar kengashi hamda talabalar klublari faoliyati haqida fikr almashilmoqda.

Delegatsiya “Yangi O‘zbekiston” universitetida 3 kun muddatda bo‘lishi hamda talabalar uchun ko‘plab qiziqarli mashg‘ulotlar tashkil etishi rejalashtirilgan.