Guliston shahridagi Prezident maktabi  tashkil etilganining 1 yillik shodiyonasi munosabati bilan xayriya konsert-dasturi bo‘lib o‘tdi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Guliston shahridagi Prezident maktabi  tashkil etilganining 1 yillik shodiyonasi munosabati bilan xayriya konsert-dasturi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Agentlik direktori Hilola Umarova kirish so‘zi bilan ochib berdi va barchani samimiy tabrikladi. 

Tadbir davomida Robototexnika to‘garagi aʼzolari tomonidan yasalgan Robot tomonidan maktab bo‘ylab kichik sayohat uyushtirildi. 

Mehmonlar maktabning milliy burchagi bilan tanishtirildi.

Bayram dasturi davomida o‘quvchilar tomonidan sheʼrlar, kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari va raqslar namoyish etildi.

Tadbir so‘nggida "Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan maktab o‘quvchilari tomonidan "Mehr ulashamiz" loyihasi doirasida tashkil etilgan saxovat burchagi bo‘ldi. 

U yerga qo‘yilgan barcha turdagi kitoblar va sovg‘alar Sirdaryo viloyatidagi Muruvvat uyi tarbiyalanuvchilariga berilishi rejalashtirilgan.