Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida atoqli oʻzbek shoiri Hamid Olimjon tavalludining 113 yilligiga bagʻishlab mushoira tashkil etildi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida atoqli oʻzbek shoiri Hamid Olimjon tavalludining 113 yilligiga bagʻishlab mushoira tashkil etildi.

Unda ijod maktabining 8-sinf o’quvchilari ishtirok etishdi.

Mushoira yakunida oʻquvchilar 2 guruhga boʻlinishdi, Hamid Olimjon hayoti va ijodiga bagʻishlangan savollarga javob berishdi.