HAMID OLIMJON — DILLARDA MANGU BARHAYOT

 Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida ХХ-asr o‘zbek she’riyati darg‘alarining tom ma’nodagi ustozi, zabardast shoir Hamid Olimjonning 113 yilligiga bag‘shlangan tadbir bo‘lib o‘di. 

Tadbirda baxt va shodlik kuychisi — Hamid Olimjonning "Oygul bilan baxtiyor" dostoni o‘quvchilar tomonidan sahnaviy ko‘rinish orqali yoritib berildi. Shuningdek, "Jangchi Tursun" balladasidan "Ona monologi" O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Raisa Abdullayeva tomonidan ijro etildi. O‘quvchilar mohir iste`’dod sohibi Hamid Olimjonning she’rlaridan namunalar aytishdi.

Tadbirga Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari, senator, oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Muxtorova Nazira Abdusattorovna, Yozuvchilar uyushmasi raisi Mehribon Abdurahmonova va boshqalar tashrif buyurishdi.

Tadbir viloyat kutubxonasining faollar zalida bo‘lib o‘tdi.