Hilola Umarova Xivadagi Prezident maktabiga tashrif buyurdi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (PIIMA) direktori Hilola Umarova Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida Agentlik rahbari Xiva shahrida faoliyat yuritayotgan Prezident maktabi faoliyati bilan tanishdi. Hozirgi kunda bu maktabda 144 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda.

Hilola Umarova taʼlim muassasasi faoliyati hamda bu yerda oʻquvchi va oʻqituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Shu bilan birga Agentlik direktori oʻquvchi va oʻqituvchilar bilan suhbatlashdi. Ishtirokchilar oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish, oʻquvchilarning bilimini baholash uchun yangi tizim joriy etish hamda yoshlarning loyihalarini qoʻllab-quvvatlash masalalarini muhokama etdilar.

Bundan tashqari Prezident maktabi faoliyati natijalari tahlil qilindi. Xorijlik oʻqituvchilar bilan muloqot doirasida taʼlim muassasasida taʼlim jarayonlarini yana-da takomillashtirish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.