Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlar!

Sizni 5-may kuni, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi "Yangi O'zbekiston" universitetining qabul jarayonlari yuzasidan bo'lib o'tadigan MATBUOT ANJUMANIga taklif etamiz!

Matbuot anjumanida Prezident ta'lim muassasalari agentligi rahbariyati va Universitetning faxriy rektori Dr. Wolfgang A. Herrmann ishtirok etadi. 

Tadbirda qabul jarayonlariga oid barcha ma'lumotga ega bo'lishingiz va o'zingizni qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishingiz mumkin. 

Bundan tashqari mehmonlar uchun universitet bo'ylab press-tur ham tashkil etiladi.

Ro'yxatdan o'tish uchun: +998934529276

Sana va vaqti: 5-may soat 11:00
Manzil: Yangi O'zbekiston universiteti
Mo'ljal: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, B bino.