Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida "Ochiq eshiklar kuni" o'tkazildi


Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida “Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi faoliyati va 2021-2022 o’quv yili uchun o’quvchilarni qabul qilish jarayoni” nomli “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

Tadbir davomida maktab faoliyati va yutuqlariga bag‘ishlab tayyorlangan videotaqdimot namoyish etilib, yig'ilganlarga qabul kvotalari, kirish imtihonlari va hujjatlar topshirish tartibi haqida ma'lumot berildi.

Maktab bo‘ylab press-tur tashkil etilib, mehmonlar maktabning sinf va yotoqxona xonalari, laboratoriya xonalari, maktab oshxonasi, faollar zali, kutubxona, sport zali bilan yaqindan tanishdilar.

Agentlik tizimidagi ijod maktablarida tashkil qilingan Qabul jarayonlari yuzasidan "Ochiq eshiklar kuni" haftaligi o'z nihoyasiga yetdi.