Ijod maktabi o'quvchilari kitob taqdimotida ishtirok etdi


Bugun,Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining rahbari Yuldasheva Nilufar Abdullayevna hamda "Abdulla Qodiriy izdoshlari" to'garak a'zolari bilan, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi tomonidan tashkil qilingan yozuvchi To'lqin Eshbekovning "O'zbekning yomoni bo'lmaydi" nomli kitob taqdimotida qatnashishdi.

Taqdimotida O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi o'rinbosari Nodirjon Jonuzoq, Professor Nurboy Jabborov, Shoira Zulfiya Mo'minovalar ishtirok etishdi.

Taqdimot ishtirokchilari mazkur asarning muxlislar ko'nglidan joy olishiga ishonch bildirishdi.