Ijod maktabida "Ochiq eshiklar kuni"


Ogahiy nomidagi ona tili va adabiyot fanlarini chuqurlashtirib o'qitishga hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan ijod maktabida qabul jarayonlari  yuzasidan "OCHIQ ESHIKLAR KUNI" o‘tkazildi.

Mazkur  "Ochiq eshiklar kuni"da jurnalistlar, ota-onalar va umumta'lim maktablarining  o'quvchilari  qabul kvotalari, kirish imtihonlari va hujjatlar topshirish tartibi haqida ma'lumotga ega bo'lishdi.

"Ochiq eshiklar kuni" doirasida press-tur ham tashkil etilib, yig‘ilganlar ta’lim dargohida yaratilgan sharoitlar, o‘quv auditoriyalari, laboratoriya, "Iste'dodlar markazi", "Besh tashabbus xonasi", amfiteatr, yotoqxona, kutubxona hamda media xonalari bilan tanishishdi.