Ijod maktabiga tashrif

 

Ayni paytda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori o’rinbosari Amirullo Hazratovich Abdullayev hamda  Agentlikning ta'lim sifatini monitoring qilish va baholash bo'limi boshlig'i Bahrom Baxodirovich Qo'zibayev Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurdi. 

Tashrif davomida Abdulla Oripov muzeyi,  maktabda yaratilgan va  yaratilayotgan shart -sharoitlar bilan tanishib,  Iqtidorli o’quvchilar bilan suhbat uyushtirildi.  Shuningdek , 2021-2022 o'quv yilida Qarshi shahrida barpo etilgan Prezident maktabi  hamda Abdulla Oripov nomidagi Ijod maktabiga  qabul jarayonlari bilan yaqindan  tanishib, o'z ko’rsatmalarini  berdilar.