Ijod maktabiga tashrif


Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarova Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurdi.

Tashrif  doirasida  2021-2022-o‘quv yillari uchun Andijon viloyatidagi Prezident va ijod maktablariga o‘quvchilarni qabul qilish jarayonini tekshirish bilan birga, ijod maktabida 5 ta muhim tashabbus doirasida yo‘lga qo‘yilgan zargarlik to‘garagi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, Namangan viloyatidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabiga ham tashrif buyurib, u yerdagi  o'quvchilarga yaratilgan sharoitlar  hamda qabul jarayoniga tayyorgarlik holatini ko'zdan kechirdi.