ijod maktablari o‘quvchilari oliy ta'lim muassasalariga kirishda yuqori natijalar qayd etishdi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari o‘quvchilari oliy ta’lim muassasalariga kirishda yuqori natijalar qayd etishdi.

Jumladan:

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 2021-2022-o‘quv yilidagi 20 nafar bitiruvchisidan 13 nafari davlat granti asosida,  7 nafari to‘lov shartnomasi asosida oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilindi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 2021-2022-o‘quv yilidagi 21 nafar bitiruvchilari  100 foizlik natijani qayd etgan holda, ularning barchasi OTM talabalariga aylanishdi.

O‘quvchilarimizning barchasiga kelgusi ishlari va faoliyatlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz!