Ijod maktablari uchun darslik ishlab chiqilmoqda

 

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining darsliklarni nashrga tayyorlash bo'yicha mualliflar ishtirokida yakuniy yig'ilishi bo'lib o'tdi.

 Unda ijod maktablarida tahsil olayotgan o'quvchilar uchun mo'ljallangan darslikni nashrga tayyorlash masalasi muhokama qilindi. Shu bilan birga,  kiritilishi lozim bo'lgan yakuniy o'zgarishlar belgilandi.