Ijod maktablari uchun ona tili va adabiyot fanlaridan ta’lim dasturlari ishlab chiqildi

Prezident ta’lim muassasalarida agentlik tizimidagi ijod maktablari uchun ona tili va adabiyot fanlaridan ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

Dasturlarning asosiy maqsadi ijod maktablarining xususiyatlarini hisobga olgan holda, turli matnlarni tushunish, tahlil qilish hamda ular asosida tahliliy va ijodiy matnlar yaratish kompetensiyalarini shakllantirish, shuningdek, o‘quvchilarni milliy va umuminisoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat.

Ijod maktablari bitiruvchilari esse, taqriz, annotatsiya, maqola singari axborot va tahliliy matnlar bilan bir qatorda, audiokitob, buktreyler, adabiy ssenariy singari ijodiy ishlar ham yarata olishlari ko‘zda tutilgan. Dasturlarni yaratishda jahonning yetakchi davlatlari ona tili va adabiyot fanlarini oʻqitish tajribalari tahlil qilindi.