Ijod maktablarida ijodiy imtihonlar 11- iyul kuni boshlanadi!

#qabul_2023 
#Ijod_maktablari

📣DIQQAT, E’LON 📣

📆 Ijod maktablarida ijodiy imtihonlar 11- iyul kuni boshlanadi!

📱Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot  talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi.

❗️Ijod maktablariga saralash imtihonlari uch bosqichda  bo‘lib, yo‘nalishlar bo‘yicha saralash  imtihonlari quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 

Ona tili yo‘nalishi bo‘yicha:
1️⃣-bosqich: ijodiy matn yaratish
2️⃣-bosqich: ijodiy suhbat 
3️⃣-bosqich: test sinovi  (ona tili va adabiyot,  chet tili hamda intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha test).

Xorijiy til yo‘nalishi bo‘yicha:
1️⃣-bosqich: ijodiy matn yaratish
2️⃣-bosqich: ijodiy suhbat 
3️⃣-bosqich: test sinov (chet tili, ona tili va adabiyot, IQ ni aniqlash bo‘yicha test).

Xorijiy til yo‘nalishida ijodiy imtihonlar xorijiy tilda o‘tkaziladi.