Ijod maktablarida kirish imtihonlari qaysi tilda o‘tkaziladi?

#imtihon_2023

❓Ijod maktablarida kirish imtihonlari qaysi tilda o‘tkaziladi?

✅ Ijod maktablari uchun kirish imtihonlari davlat tilida (Qoraqalpog‘iston Respublikasida qoraqalpoq tilida), Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida esa, chet tilida o‘tkaziladi.

❓Ijod maktablariga saralash imtihonlari qanday tartibda amalga oshiriladi? 

Kirish imtihonlari 3 bosqichda bo'lib o'tadi: 
1️⃣-bosqich: ijodiy matn yaratish;
2️⃣-bosqich: ijodiy suhbat; 
3️⃣-bosqich: test sinovi  (ona tili va adabiyot - 20 ta topshiriq, chet tili - 15 ta topshiriq, intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha - 15 ta topshiriq).

❓ Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabiga kirish imtihonlari tartibi qanday? 

Ushbu maktabga kirish imtihonlari tartibi quyidagicha: 
1️⃣-bosqich: ijodiy matn yaratish
2️⃣-bosqich: ijodiy suhbat 
3️⃣-bosqich: ingliz tili (chet tili - 20 ta topshiriq, ona tili va adabiyot - 15 ta topshiriq, IQ ni aniqlash bo‘yicha - 15 ta topshiriq).

😀 Ijod maktablarining 1-bosqich imtihonlari uchun ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuborildi.