Ijod maktablarining  imtihonlari joriy yilning  11-iyulidan 16-iyul kuniga qadar bo'lib o'tadi. Imtihon vaqtlari talabgor ruxsatnomasida ko'rsatilgan. 

#imtihon_2023

⚡️Ijod maktablarining  imtihonlari joriy yilning  11-iyulidan 16-iyul kuniga qadar bo'lib o'tadi. Imtihon vaqtlari talabgor ruxsatnomasida ko'rsatilgan. 

✅Ijod maktablariga saralash imtihonlari uch bosqichda  bo‘lib, yo‘nalishlar bo‘yicha saralash  imtihonlari quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 

Ona tili yo‘nalishi bo‘yicha:
1️⃣-bosqich: ijodiy matn yaratish
2️⃣-bosqich: ijodiy suhbat 
3️⃣-bosqich: test sinovi  (ona tili va adabiyot,  chet tili hamda intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha test).

Xorijiy til yo‘nalishi bo‘yicha:
1️⃣-bosqich: ijodiy matn yaratish
2️⃣-bosqich: ijodiy suhbat 
3️⃣-bosqich: test sinov (chet tili, ona tili va adabiyot, IQ ni aniqlash bo‘yicha test).

📌 Xorijiy til yo‘nalishida ijodiy imtihonlar xorijiy tilda o‘tkaziladi.

❗️Eslatib o'tamiz,  imtihonning 2- bosqichi ya'ni ijodiy suhbatda  talabgorning  ijodiy ishlari portfolio (ijodiy ishlar to‘plami, gazeta va jurnallarda nashr etilgan ijod namunalari, yon daftarcha, televideniye va radio eshittirishlar, respublika miqyosidagi tadbirlardagi chiqishlarining video tasviri) baholash mezonlariga asosan inobatga olinadi.