Ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maktablariga kirish imtihonlarida Cambridge Assessment xalqaro ta’lim tashkiloti qatnashmasligi hamda birinchi bosqich imtihonlarida savollar takroriy qo‘llanilgani haqidagi xabarlarga RASMIY MUNOSABAT

#rasmiy_munosabat

❗️Ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maktablariga kirish imtihonlarida Cambridge Assessment xalqaro ta’lim tashkiloti qatnashmasligi hamda birinchi bosqich imtihonlarida savollar takroriy qo‘llanilgani haqidagi xabarlarga RASMIY MUNOSABAT

Steve King, Cambridge University Press&Assessment xalqaro ta'lim tashkilotining ta'lim yo'nalishi bo'yicha bosh maslahatchisi:

— Salom, men Cambridge Assessment xalqaro ta’lim tashkilotidan Steve Kingman.

O‘zbekiston Prezident maktablariga qabul imtihonlari haqida gapirib o‘tsam, 2019-yildan buyon va bu yil ham tashkilotimiz O‘zbekiston Respublikasi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi bilan birgalikda ishlab keladi hamda imtihon savollarini tayyorlash va o‘quvchilarni saralashda, natijalarni e’lon qilishda ishtirok etadi.

Har yili O‘zbekistonda minglab talabgorlar 14 ta hududdagi Prezident maktablariga kirish uchun bellashadilar. 

Bu yilgi imtihonlarning 1-bosqichi uchun 8 ta turli xil variantlardagi savollar ishlab chiqildi. Bunda savollarning takrorlanmasligi va har smenada har xil savollardan foydalangan holda shaffoflikni ta’minlashga intildik.

Murojaatchilar bizdan bu yilgi Prezident maktablari qabul imtihonlariga bizning ishtirokimiz yo‘qligi haqidagi xabarlarga oydinlik kiritishimizni so‘rashdi. Bu xabarlar asossiz! Shuni ishontirib aytamanki, biz 2019-yildan beri jumladan bu yil ham Prezident maktablari qabul imtihonlarida qatnashmoqdamiz.

Bizning tashkilotimiz qabul imtihonlari bilan bog‘liq hamkorlikdan mamnun va ishonamanki, O‘zbekiston bilan hamkorligimiz uzoq yillar davom etadi. 

E’tiboringiz uchun rahmat!