Ilk kitob taqdimoti

 

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 7-sinf o‘quvchisi Nodira Yigitaliyevaning "Marjon tuyg‘ular" nomli birinchi kitob taqdimoti o‘tkazildi.

Oila a'zolari, ustozlari va do‘stlari ishtirokida o‘tkazilgan taqdimotda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyat bo‘limi rahbari, shoira Xurshida Vahobjon qizi, ijod maktabi direktori Shohistaxon Nurmatova ishtirok etib, yosh ijodkor Nodixon Yigitaliyeva kelgusi ijodi va o‘qishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.