“Innovatsion pedagogika” mavzusidagi xalqaro o‘quv seminari

20-21-sentabr kunlari Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi hamda UNESCO tashkiloti hamkorligida “Innovatsion pedagogika” o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

UNESCO tashkiloti O‘zbekiston o‘qituvchilarining malakasini oshirish yondashuvlarini moslashtirish loyihasi doirasida Prezident taʼlim muassasalari agentligi bilan hamkorlikda o‘qituvchilarning sifatli o‘qitish resurslaridan keng foydalanish imkoniyatini yaxshilash maqsadida innovatsion pedagogika bo‘yicha o‘qituvchilar uchun qo‘llanma yaratmoqda va ishlab chiqarmoqda.

Ushbu seminar davomida “Yuksalish yo‘lida 45 daqiqa” nomli qo‘llanma taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu qo‘llanma hududlarda zamonaviy pedagogik yondashuvlarni tatbiq qilish, ilg‘or tajribalar va dars rejalarini taklif qilish orqali ehtiyoj tug‘ilgan XXI asr ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi.

Seminarda yetakchi xorijiy va milliy ekspert va o‘qituvchilar ishtirokida innovatsion taʼlim va o‘qitish sohasidagi yangi ishlanmalarga doir mavzular muhokama qilinadi. Respublikaning barcha hududlaridan kelgan yuzdan nafardan ortiq trenerlar va pedagoglar amaliy mashg‘ulotlar orqali yangi pedagogik ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.

“Yuksalish yo‘lida 45 daqiqa” o‘qituvchilar uchun qo‘llanma

Tadbirda innovatsion pedagogika bo‘yicha amaliy qo‘llanma taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Ushbu qo‘llanma o‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirishda ko‘mak beruvchi o‘qituvchilar uchun yondaftar bo‘lib xizmat qiladi.

Ushbu o‘quv qo‘llanmadan maqsad:

O‘zbekistonda o‘qituvchilarni innovatsion pedagogika bo‘yicha o‘qitish va taʼlim sifatini oshirish;

·Qo‘llanmadan amaliy foydalanish uchun har bir fan o‘qituvchilari va mahoratli trenerlarning kompetensiyalarini oshirish.