Is’hoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida so'nggi qo'ng'iroq tadbiri


Is’hoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Oq yo‘l senga bituvchi” nomli so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Bitiruvchilar hayotida muhim hisoblangan ushbu kunga maktab-internatida o‘zgacha tayyorgarlik ko‘rildi. Yangi hayot marralari sari qadam tashlayotgan o‘quvchilarni tabriklash uchun To‘raqo‘rg‘on tuman hokimi Z.Mahkamova, Namangan Davlat universitetining o‘qituvchi-professorlari, qator yuqori tashkil vakillari hamda o‘qituvchilarning ota-onalari tashrif buyurdilar.

O‘quv yili davomida namunali xulqi, a’lo o‘qishi va erishgan yutuqlari bilan barchaga o‘rnak bo‘lgan o‘quvchilar faxriy yorliq hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.