#Ishchi_guruh

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyatini o‘rganish, ish samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini belgilash, amaliy metodik yordam ko‘rsatish maqsadida Agentlik ishchi guruhi tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, oʻrganish jarayonlarida maktablarda ma’naviy muhitning shakllantirilganligi, rahbar xodimlar faoliyatining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi, kadrlar bilan ta’minlanganlik holati, o‘quv jarayonlarini o‘rganish va aniqlangan xato-kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish koʻzda tutilgan.

Ayni paytda ishchi guruh tomonidan Navoiy viloyatidagi o‘rganish jarayonidan suratlar.