ISHCHI GURUH 200ga YAQIN HUDUDDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR FAOLIYATINI O‘RGANDI

Xabaringiz bor, ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida 2022 yil 17 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida videoselektor bo‘lib o‘tgan edi.

Bugungi kunga qadar xalq taʼlimi tizimida 790 ta ixtisoslashgan maktablar bo‘lib, ularning 135 tasi ayrim fanlarga to‘liq ixtisoslashtirilgan.

Ixtisoslashtirilgan maktablardagi taʼlim va tarbiya tizimini sifatini oshirish maqsadida xalq taʼlimi tizimidagi mavjud ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini tahlil qilish va ulardan maqbul deb topilganlarini Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimiga o‘tkazishga qaror qilingan edi.

Ushbu qaror ijrosini taʼminlash uchun Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida ixtisoslashtirilgan maktablarni tashkil etish uchun Respublika doimiy ishchi guruhi tashkil etildi.

Agentlik direktori Hilola Umarova boshchiligidagi Ishchi guruh 25 yanvardan ish faoliyatini boshladi va Respublikamizning barcha viloyatlarida bo‘lib, 200 ga yaqin shahar va tumanlardagi ixtisoslashtirilgan maktablarni o‘rganishdi.

O‘rganish jarayonida:

🔹Tuman va shaharlardagi sanoat va qishloq xo‘jaligining rivojlangan tarmoqlari;

🔹ayrim fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish bilan bog‘liq tajriba;

🔹Qoraqalpog‘iston va viloyatlar maʼmuriy markazlaridagi ixtisoslashtirilgan yotoqxonasi mavjud bo‘lgan taʼlim muassasalari negizida tashkil etilishiga;

🔹ixtisoslashtirilgan maktablarni tashkil etish uchun taklif etilayotgan bino va inshootlarda aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish uchun sinf xonalarini tashkil etish imkoni mavjudligi;

🔹ular o‘quvchilar kelib-ketishiga qulay joyda joylashganligi va zarur infratuzilma bilan taʼminlanganligiga eʼtibor qaratildi.

Bugunga qadar Ishchi guruh tomonidan tuman va shaharlardan 190 ta ixtisoslashtirilgan maktablar saralab olindi.

Ayni damda Ishchi guruh Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan maktablarning faoliyatini o‘rganmoqda.