⚡️Ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchisi xorijdagi bir qancha universitetlarga 100 foizlik grant asosida o‘qishga qabul qilish bo'yicha takliflarni qoʻlga kiritdi. 

Kasbi tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchisi Jahongir Umirov 40 dan ortiq xalqaro oliy taʼlim muassasalaridan oʻqishga qabul qilinishga takliflar oldi. 

Ular orasida 100 foizlik grant ajratgan universitetlar ham bor. 

Jahongirning hozirgacha qoʻlga kiritgan xalqaro taʼlim grantlarining jami miqdori qariyb 3 000 000 AQSh dollarini tashkil qilmoqda.

Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!