Ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchilari uchun seminar-treninglar o‘tkazildi

Prezident talim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar, tayanch maktablar va maktab-internatlari o‘qituvchilari uchun fan yoʻnalishlari boʻyicha seminar-trening tashkil etildi. 

Treninglar ikki yoʻnalishda tashkil etilib, unda oʻqituvchilarga baholash tizimi spetstifikatsiyasi, elektron jurnalning yuritilishi, o‘quv reja, oʻquv dasturi, agentlik tizimidagi pedagoglarga qoʻyilgan standartlar oʻqitish yondashuvlari kabi yalpi treninglar o‘tkazildi. 

Shuningdek, seminarda milliy oʻquv dasturi asosidagi 6-7-10-sinf va Agentlik tizimidagi maktablar uchun maxsus dastur asosidagi yangi darsliklarning oʻziga xos tomonlari ham taqdimotlar orqali koʻrsatildi.