Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlari 1-smenasi bo‘lib o‘tmoqda.

#Ixtisoslashtirilgan_maktablar 
#imtihon_2023 

📣DIQQAT, E’LON 📣

📆 Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlari 1-smenasi bo‘lib o‘tmoqda.

📝 Imtihon bosqichlari quyidagicha:

➖Aniq fanlar yo‘nalishi uchun (5-sinflar):
– matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida)
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)

➖Tabiiy fanlar yo‘nalishi uchun (7-sinflar): 
– tabiiy (science) fanlaridan 30 ta topshiriq (test shaklida)
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)

⏳Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

📌 Kirish imtihonlari 28-29-30-iyul kuni 3 smenada — 8:00, 12:00 va 17:00da SMS-xabarnomada ko‘rsatilgan joyda bo‘lib o‘tadi.

🗣Ma’lumot uchun, Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.