Ixtisoslashtirilgan maktabda so'nggi qo'ng'iroq

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida bitiruvchilariga bag'ishlab soʻnggi qoʻng'iroq tadbiri boʻlib oʻtmoqda.

Bu yilgi bitiruvchilar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktabning dastlabgi qaldirg'ochlari hisoblanadi.

Prezident, Ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarova  bitiruvchilarni tabrikladi:

- Bugun sizlarning hayotingizdagi muhim kun - barchangiz katta hayot yo'liga qadam qo'ymoqdasiz. Tantanali bayram tadbirimizda sizni tabriklash uchun ota-onalaringiz ham shu yerda yig'ilishgan. Siz qayerga bormang hamma joyda bizning yuzimiz bo'lasiz. Bu  sizga ham faxr, ham ulkan mas'uliyat yuklaydi. Biz sizga kelajak yo'lingizda ulkan muvafaqqiyatlar tilaymiz. Yo'lingiz doimo ochiq, parvozlaringiz baland bo'lsin.